NurliCraft Telegram bot

Botda ham, saytda ham bir xil balans, bir xil xaridlar va bir xil to'lov usullari. Qayerdan foydalanishni o'zingiz tanlaysiz.

Sayt hisobini bot bilan bog'lash

Bog'lash bir martalik. Undan keyin saytda to'ldirgan pulingiz botda, botda sotib olgan donatingiz saytda ko'rinadi.

1-usul — Telegram tugmasi
  1. 1Saytda ro'yxatdan o'ting va profilingizga kiring
  2. 2«Telegram» bo'limidagi ko'k tugmani bosing
  3. 3Telegram'da ruxsat bering — tayyor
2-usul — 6 xonali kod
  1. 1Profilda «Bog'lash kodini olish» tugmasini bosing
  2. 2Kodni botga xabar sifatida yuboring
  3. 3Bot tasdiqlaydi — hisoblar birlashadi

Kod 15 daqiqa amal qiladi.

Balanslar qanday birlashadi? Agar botda ham, saytda ham pulingiz bo'lsa — bog'langanda ikkalasi qo'shiladi va bitta umumiy balansga aylanadi. Xaridlar tarixi ham birlashadi.

Bot nimalar qila oladi?

Balansni ko'rish

«💰 Balansni ko'rish» tugmasi joriy hisobingizni va hisob raqamingizni ko'rsatadi. Bu balans saytdagi balans bilan bir xil.

Balans to'ldirish

«➕ Balans to'ldirish» → CLICK, MirPay yoki Paynet. To'lov tugagach balans avtomatik to'ladi va bot xabar yuboradi.

Donat sotib olish

«🛒 Sotib olish» → rejim → kategoriya → mahsulot → o'yin nicki. Imtiyoz serverga RCON orqali bir necha soniyada beriladi.

Promo-kod

Xarid paytida bot promo-kod so'raydi. Kod amal qilsa chegirma darhol qo'llanadi.

Xaridlar tarixi

Botdagi va saytdagi barcha xaridlar bitta ro'yxatda ko'rinadi — qayerdan sotib olganingizdan qat'i nazar.

To'lov xabarnomasi

Pul hisobga tushganda bot darhol xabar yuboradi — terminaldan to'lasangiz ham.

To'lov usullari

To'rt xil usul — hammasi botda ham, saytda ham bir xil ishlaydi va bitta balansga tushadi.

CLICKTezkor
  1. 1Botda «➕ Balans to'ldirish» → «🔵 CLICK» ni tanlang
  2. 2Summani yozing — bot to'lov havolasini beradi
  3. 3Havolani ochib karta bilan to'lang
  4. 4Balans avtomatik to'ladi

CLICK ilovasidan to'g'ridan-to'g'ri ham to'lash mumkin: NURLICRAFT xizmatini topib, «Номер заказа» ga hisob raqamingizni kiriting.

MirPayTezkor
  1. 1«➕ Balans to'ldirish» → MirPay
  2. 2Summani kiriting
  3. 3Ochilgan MirPay sahifasida karta bilan to'lang
  4. 4Balans avtomatik to'ladi
PaynetTerminal / ilova
  1. 1Paynet ilovasi yoki to'lov terminalini oching
  2. 2Qidiruvdan NURLICRAFT xizmatini toping
  3. 3Hisob raqami sifatida o'z ID raqamingizni kiriting
  4. 4To'lovni tasdiqlang — balans bir necha daqiqada to'ladi

Hisob raqamingizni botdagi «Balansni ko'rish» bo'limida yoki saytdagi Balans sahifasida ko'rasiz.

Chek yuborishAdmin tasdiqlaydi
  1. 1Kartaga o'tkazma qiling
  2. 2Botga chek rasmini yuboring va summani yozing
  3. 3Administrator tekshirib tasdiqlaydi
  4. 4Tasdiqlangach balans to'ladi

Saytdan boshlashni afzal ko'rasizmi?

Bot majburiy emas — saytning o'zida ham balansni to'ldirib donat sotib olsangiz bo'ladi.